Shotlandiya va Marokash terma jamoalari Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan uchrashuv uchun boshlang'ich tarkiblarini e'lon qilishdi. Mazkur o'yin Foksboro shahridagi «Jillett» stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.

Shotlandiya: Angus Gann, Kiran Tirni, Jek Xendri, Grant Xenli, Endryu Robertson, Lyuis Fergyuson, Skott Maktominay, Natan Patterson, Rayan Kristi, Jon Makginn, Che Adams.

Marokash: Yassin Bunu, Nussair Mazraui, Chadi Riad, Issa Diop, Ashraf Hakimi, Ayyub Buaddi, Neyl El-Aynaui, Bilyal El-Xannus, Azzedin Unai, Braim Dias, Ismael Saybari.

Shotlandiya Jahon chempionatidagi ishtirokini Gaiti ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) bilan boshlagan edi. Marokash esa birinchi turda Braziliya bilan durang o'ynadi (1:1). Ushbu jamoalar «C» guruhidan joy olishgan bo'lib, mazkur kvartetda Braziliya va Gaiti terma jamoalari ham kurash olib bormoqda.

Manba: Stadion.uz