Kecha "Istanbul Bashakshehir" safarda "Samsunspor"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Mazkur bahsda istanbulliklarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda assist bilan jamoasi g'alabasini ta'minladi.

SofaScore portali uning o'yindagi harakatlarini 8,1 ballga baholadi. Bu barcha futbolchilar orasidagi eng yuqori ko'rsatkich.

30 yoshli hujumchimiz o'yin davomidagi harakatli raqamlarda:

Reyting: 8,1 ball

O'ynagan daqiqalari: 87

Gol: 1

Assist: 1

Zarbalar: 4

Kutilma gollar (xG): 0.53

Aniq zarbalar: 3

Noaniq zarbalar: 1

Jarima maydoni tashqarisidan zarbalar: 2

Jarima maydoni ichidan zarbalar: 2

Raqib jarima maydoni ichida to'pga teginishlar: 4

Foydalanilmagan xavfli vaziyatlar: 1

Muvaffaqiyatli dribling: 1/2 (50%)

To'pga teginish: 41

Uzatmalar: 25/29 (86%)

Yaratilgan xavfli vaziyatlar: 1