Shomurodov va Onuachu Turkiya chempionati to'purarligi uchun raqobat qilmoqda

O'zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshehir" safida o'zining to'purarlik mahoratini namoyish etmoqda.
12 turdan so'ng 30 yoshli hujumchimiz o'z hisobiga 8 ta gol va 1 ta assist yozdirib ko'ygan holda Superliga to'purarlar ro'yxatida "Trabzonspor" forvardi Pol Onuachu bilan peshqadamlikni bo'lishib turibdi.
Keyingi o'rinlarda Mauro Ikardi ("Galatasaroy"), Umut Nayir ("Konyaspor") va Yusuf En-Nesiri ("Fenerbaxche") bor. Ularning barchasi 6 tadan gol urgan.
