Shomurodov va Fayzullaevning ustozi Rossiya klubini qabul qilib olishdan bosh tortdi

"Istanbul Bashakshehir" bosh murabbiyi Nuri Shaxin Moskvaning "Dinamo" klubini boshqarishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda Sport24.
"Dinamo" sport direktori Jelko Buvach qishda murabbiyni jamoaga olib kelish haqida Shaxin bilan bog'langan. Ammo Nuri "Istanbul"ni tark etishni rejalashtirmayotganini ta'kidlab, taklifni rad etdi.
Murabbiy klub rahbariyati tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganini ta'kidladi.
Hozirda "Bashakshehir"da Shahin hamyurtlarimiz Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaevga murabbiylik qilmoqda.