Flashscore.com sayti Konferentsiyalar ligasi ikkinchi saralash bosqichidagi «Inter Turku»ga qarshi (1:1) bahsda «Istanbul Bashakshehir» safida to'p surgan o'zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaevning o'yiniga baho berdi.

Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 69-daqiqada almashtirildi. Uning o'yini 7,2 ballga munosib deb topildi.

Fayzullaev esa 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Flashscore uning harakatlarini 7,0 ball bilan baholadi.

Eslatib o'tamiz, «Istanbul Bashakshehir» hamda «Inter Turku» o'rtasidagi birinchi uchrashuv Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tdi. Javob bahsi 30 iyul kuni Finlyandiyaning Turku shahrida tashkil etiladi.

Ushbu juftlik g'olibi Konferentsiyalar ligasi uchinchi saralash bosqichida Lixtenshteynning «Vaduts» hamda Andorraning «Atletik Eskaldes» jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz