Turkiya chempionati 11-tur o'yinida "Istanbul Bashakshehir" o'z maydonida "Xo'jaylispor"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Istanbul klubi safida o'yindagi yagona golni hamyurtimiz Eldor Shomurodov penaltidan kiritdi.

Bu goli orqali 30 yoshli Shomurodov chempionatdagi gollari sonini 7 taga etkazib oldi va to'purarlar ro'yxatida "Trabzonspor" hujumchisi Pol Onuachu bilan etakchilikni bo'lishib turibdi.

Yusuf En-Nesiri ("Fenerbaxche") va Mauro Ikardi ("Galatasaroy") hisobida 6 tadan gol bor.

Manba: www.stadion.uz.