"Borussiya Dortmund" himoyachisi Niko Shlotterbek klub bilan shartnomasini 2031 yilga qadar uzaytirganiga qaramay, top-klubga o'tish imkoniyatini saqlab qolgan.

Kicker nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, yangi kelishuvda bir nechta jamoalar ro'yxati ko'rsatilgan bo'lib, ular himoyachini 50 milliondan 60 million evrogacha bo'lgan mablag' evaziga sotib olish huquqiga ega.

Shuningdek, Shlotterbekning Dortmunddagi maoshi avval xabar berilganidek yiliga 14 million evro emas, balki 10 million evroni tashkil qilishi aytilmoqda. Hatto turli bonuslar bilan ham uning maoshi avvalgi ko'rsatilgan raqamlarga etmaydi.

Joriy mavsumda himoyachi Bundesliga doirasida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.