Germaniya terma jamoasi va Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niko Shlotterbek Madridning «Real» klubi transfer maqsadlaridan biri bo'lib turibdi. «Qaymoqranglilar» futbolchi uchun 50–60 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lash variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.

Biroq, manbaning ta'kidlashicha, 26 yoshli futbolchining JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Kot-d'Ivuarga qarshi o'yinda (2:1) orttirib olgan to'piq jarohati ushbu ehtimoliy transferning barbod bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin.

Kot-d'Ivuar bilan o'yindan so'ng Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Shlotterbekning to'piq bo'g'imidagi medial kollateral boylamlari shikastlangan bo'lishi mumkinligini taxmin qildi.

Manba: Stadion.uz