Shlotterbekning jarohati uning top-klubga o'tishini yo'qqa chiqarishi mumkin

Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek Jahon chempionati doirasida Kot-d’Ivuarga qarshi kechgan o'yinda jarohat oldi.
Yulian Nagelsmann birinchi bo'limdan so'ng Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisini majburiy ravishda almashtirishga qaror qildi. Uchrashuv yakunlangach, murabbiy jarohat jiddiy bo'lishi mumkinligini tan oldi. Dastlabki taxminlarga ko'ra, gap paylarning shikastlanishi haqida bormoqda. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, agar eng yomon xavotirlar o'z tasdig'ini topsa, futbolchining shu yozda boshqa klubga o'tishi so'roq ostida qoladi. Vaziyat yaqin orada to'liq oydinlashadi.
Niko Shlotterbekni o'z safiga qo'shib olishga eng asosiy da'vogar sifatida Madridning «Real» klubi tilga olinayotgan edi. 26 yoshli futbolchi shu yilning aprel oyida «Borussiya» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan bo'lsa-da, uning jamoani tark etish ehtimoli juda yuqori baholanayotgandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar