Shlotterbek Kot-d'Ivuarga qarshi o'yinning 13-daqiqasidan boshlab to'pig'i chiqib ketgani uchun og'riq bilan harakat qilgan — Bild

Germaniya terma jamoasi va «Borussiya» (Dortmund) himoyachisi Niko Shlotterbek JCh-2026 guruh bosqichi 2-turida Kot-d'Ivuarga qarshi bahsning (2:1) 13-daqiqasida to'piq qismidan jarohat olgan. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, futbolchi to'pig'ining chiqib ketishiga qaramay, birinchi bo'lim oxirigacha o'yinni davom ettirgan. Tanaffusgacha u og'riq qoldiruvchi vositalar qabul qilgan, shundan keyin esa uning o'rniga Antonio Ryudiger maydonga tushirilgan.
Xabar qilinishicha, 21 iyun kuni 26 yoshli himoyachi MRT tekshiruvidan o'tadi. Ushbu tekshiruv jarohatning aniq darajasini belgilab beradi.
Kot-d'Ivuarga qarshi o'yindan keyin Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Shlotterbekda to'piq bo'g'imidagi medial kollateral bog'lam shikastlangan bo'lishi mumkinligini taxmin qildi.
Ta'kidlanishicha, himoyachi jarohati sabab JCh-2026ning qolgan qismida maydonga tushmasligi ham mumkin.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar