Shirer: «Rodri eng yaxshi formasiga qaytdi»

Taniqli sobiq futbolchi Alan Shirer jahon chempionatining final uchrashuvini yoritib bormoqda. Ispaniya va Argentina jamoalari o'rtasidagi o'yin boshidanoq Shirer yarim himoyachi Rodrining harakatlarini alohida qayd etdi.
«Rodri — juda muhim futbolchi. Biz uning to'pni oldinga qanday siljitayotganini va Yamalga aniq paslar uzatayotganini ko'rdik. Rodri o'zining eng yaxshi formasiga qaytdi», — dedi Shirer BBC One efirida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar