Shirer Keyndan hayratda qoldi

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan Shirer jahon chempionatlari tarixida inglizlarning eng yaxshi to'purariga aylangan Harri Keynning ushbu muvaffaqiyati haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Bu shunchaki aql bovar qilmas natija. U dahshatli to'purar. O'zi o'rnatgan standartlar va haftama-hafta ko'rsatayotgan darajasi — shunchaki lol qoldiradi.
Harri ushbu turnirga klub miqyosida 61 ta gol urgan holda etib keldi. Bu juda hayratlanarli ko'rsatkich. Men 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshlarida faoliyatimni boshlagan paytlarimda, agar mavsumda 20 ta gol ursang, bu juda katta va ta'sirli natija hisoblanardi.
Hozir esa bu yigitlar, va Harri ularning orasida alohida ajralib turadi, sermahsullikni mutlaqo boshqa darajaga olib chiqishmoqda. U ajoyib professional va bularning barchasiga to'la loyiqdir», — dedi Shirer.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar