Shimoliy Amerikadagi Jahon chempionatida faqat bitta Osiyo jamoasi qoldi

Yaponiya terma jamoasi Braziliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, JCh-2026ni tark etdi. Shu tariqa, dunyo birinchiligida OFK (Osiyo futbol konfederatsiyasi) sharafini himoya qilayotgan faqatgina bir jamoa — Avstraliya terma jamoasi qoldi.
Eslatib o'tamiz, guruh bosqichida OFK nomidan Janubiy Koreya, O'zbekiston, Eron, Saudiya Arabistoni va Qatar terma jamoalari ham ishtirok etgan edi, biroq ularning hech biri guruh bosqichidan o'ta olmadi. Koreya va Eron futbolchilari o'z guruhlarida uchinchi o'rinni egallashdi, ammo eng yaxshi natija ko'rsatgan 8 ta uchinchi o'rin egalari qatoriga kira olishmadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar