Shevchenko qaysi tennischiga muxlislik qilishini aytdi

Andrey Shevchenko italiyalik tennischi, dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi Yannik Sinnerning o'yinlarini diqqat bilan kuzatib borayotganini ma'lum qildi.
"Albatta, uni kuzatib yuribman. Biz hatto telefonda gaplashdik: u ajoyib, u haqiqatan ham o'ziga xos. Siz, italiyaliklar uchun esa u yanada o'zgacha", deydi Shevchenko.