Shevchenko: "Leau hammani hayratda qoldirmoqda"

Italiyaning "Milan" klubi sobiq forvardi Andrey Shevchenko Rafael Leauning muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi.
"Leau yangi pozitsiyada (markaziy hujumda) hammani hayratda qoldirmoqda. Allegrining qarshi hujumlarga asoslangan o'yini unga juda mos keladi. Ammo moslashish uchun yana biroz vaqt unga zarar qilmaydi," - deya Shevchenkoning so'zlarini keltiradi pianetamilan.
Eslatib o'tamiz, Rafael Leau 2019 yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.