"Dinamo" Kiev va "Milan" klublarining sobiq hujumchisi, hozirda Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Andrey Shevchenko JCh-2026 final bosqichiga qur'a tashlash natijalari haqida gapirdi.

"Bizning asosiy maqsadimiz - JChga chiqish. Aynan shu o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish kerak. Guruh masalasiga kelsak, raqiblar juda kuchli, ammo birinchi navbatdagi maqsad - JChga chiqish," - deya UFA rahbarining so'zlarini keltiradi suspilne.media.

Jahon chempionatiga yo'llanma olgan taqdirda, Ukraina terma jamoasi Tunis, Yaponiya va Niderlandiya terma jamoalari bilan bir guruhda o'ynaydi. Mundial Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi.