Shevchenko, Ibragimovich va Ronaldo: Asrning eng buyuk hujumchilari reytingi e'lon qilindi

Frantsiyaning mashhur Canal+ telekanali XXI asrning eng yaxshi hujumchilari reytingini e'lon qildi. Ushbu ro'yxat futbol olamidagi eng kuchli to'purarlar va afsonalarni birlashtirgan.
Reytingning birinchi pog'onasini «Inter Mayami» va Argentina terma jamoasining 38 yoshli hujumchisi Lionel Messi egalladi. U faoliyati davomida «PSJ» va «Barselona» klublarida ham to'p surgan.
Ikkinchi o'rindan «An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu joy oldi. U ilgari «Manchester Yunayted», «Yuventus», «Real» va «Sporting» sharafini himoya qilgan.
Reyting mualliflari uchinchi pog'onaga Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldoni loyiq ko'rishdi. U klub miqyosida «Kruzeyro», PSV, «Barselona», «Inter», «Real», «Milan» va «Korintians» jamoalarida o'ynagan.
Canal+ talqiniga ko'ra XXI asrning eng yaxshi hujumchilari TOP-15:
-
Lionel Messi
-
Krishtianu Ronaldu
-
Ronaldo
-
Ronaldino
-
Terri Anri
-
Karim Benzema
-
Kilian Mbappe
-
Neymar
-
Robert Levandovski
-
Dide Drogba
-
Samuel Eto'O
-
Zlatan Ibragimovich
-
Andrey Shevchenko
-
Raul
-
Luis Suares