Shevalega «PSJ»dan ketishni maslahat berishdi

«Lion» klubining sobiq posboni Paskal Olmeta frantsiyalik darvozabon Lyuka Shevale rossiyalik Matvey Safonov bilan raqobatda boy bergani sababli «PSJ»dan ketishi kerak, deb hisoblaydi.
«Agar hech narsa o'zgarmasa, Shevale klubni tark etishi lozim. Senga ishonishmaydigan joyda qolishdan nima naf? Ha, Shevale ba'zida xatolarga yo'l qo'ydi, lekin unga yana bir imkoniyat berish kerak edi», — deya Olmetaning so'zlarini keltiradi Made in Parisien nashri.
Joriy mavsumda Shevale Parij grandi tarkibida 26 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z darvozasidan 28 ta to'p olib chiqdi. Darvozabonning mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda.