Darvozabon Lyuka Shevale shu yozda «PSJ»ni tark etishi mumkin. L’Equipe nashrining xabariga ko'ra, golkiper Parij klubidagi o'z mavqeidan norozi.

Yaqin kunlarda futbolchi o'z kelajagi borasidagi masalani hal qilish uchun parijliklar rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazadi. Shevale kelasi mavsumda «PSJ»da ikkinchi darvozabon bo'lib qolishni istamayapti.

Lyuka Shevale 2025 yilda «Lill»dan «PSJ»ga 40 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda golkiper parijliklar safida barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol o'tkazib yubordi va 10 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Shevalening qiymatini 30 million evroga baholamoqda.