Frantsiyaning "PSJ" klubi darvozaboni Lyuka Shevale o'tgan turda "Monako"ga qarshi o'yinda (0:1) olgan jarohati tufayli o'z ahvoli haqida gapirdi.

"Hammasi joyida bo'ldi. To'pig'imdan ozgina jarohat oldim, lekin hammasi yaxshi. Umid qilamanki, barcha o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tusha olaman", - dedi Shevale.

Shevale o'tgan yozda "Lill"dan "PSJ" futbolchisiga aylangandi. O'shandan beri darvozabon barcha musobaqalarda 20 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol o'tkazib yubordi va sakkiz marta o'z darvozasini daxlsiz qoldirishga muvaffaq bo'ldi.