Lyuka Shevale mavsumni «PSJ»ning asosiy darvozaboni sifatida boshlagan edi, biroq qish boshidan beri rossiyalik Matvey Safonov Liga 1 grandining birinchi raqamli posboniga aylandi.

RMC Sport xabariga ko'ra, Safonov kiyinish xonasida katta hurmatga sazovor — jamoadoshlari uni ijobiy kayfiyati uchun maqtashmoqda. Shevalega keladigan bo'lsak, u jamoa bilan kam muloqot qiladi va ko'p vaqtini yolg'iz o'tkazadi.

Qayd etilishicha, bu biror muammo bilan bog'liq emas, shunchaki futbolchining xarakteri shunday.

«Shevale — yaxshi yigit. Bunday kirishib ketish jarayoni g'ayritabiiy tuyulishi mumkin, lekin u shunaqa odam. Shuningdek, u shtab xodimlari bilan ko'p vaqt o'tkazishni xush ko'radi», — deb ta'kidladi manba.

Eslatib o'tamiz, «PSJ» yakshanba kuni o'z uyida «Lion»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.