Lyuka Shevale Frantsiya terma jamoasidagi debyutida eng tezkor golni o'tkazib yubordi.

Yakshanba kuni JCh-2026 saralashida Frantsiya Ozarbayjon ustidan g'alaba qozondi (3:1). Ular 4-daqiqadayoq gol o'tkazib yubordi - ozarbayjonliklar tarkibida Renat Dadashov gol urdi.

Shevale Frantsiya terma jamoasi safidagi debyut o'yinida so'nggi 90 yil ichidagi eng tezkor golni o'tkazib yubordi - o'yin boshlanishidan 3 daqiqa 4 soniya o'tib. Bunday holat 1935 yildan beri kuzatilmagandi, o'shanda Rene Lyanse terma jamoadagi ilk o'yinida 4-daqiqada gol o'tkazib yuborgandi.