"Barselona" darvozaboni Voytsex Shesni Mark-Andre ter Shtegenning jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi.

33 yoshli germaniyalik futbolchi joriy mavsumning qolgan qismini "Jirona"da ijara asosida o'tkazadi.

"Omad yor bo'lsin, uka. Ularga qanchalik yaxshi ekanligingni ko'rsat!" - deb yozdi Shesni ijtimoiy tarmoqda ter Shtegenga murojaat qilib.

Mark-Andre 2014 yildan beri "Barselona"ga tegishli. U 2024 yilning kuzida olgan og'ir jarohatidan so'ng asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi.