Sheshko nima uchun "Manchester Yunayted"ni tanlagani haqida gapirdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Binyamin Sheshko o'z tanlovini izohladi. Sloveniyalik futbolchi "qizil iblislar" safiga o'tgan yozda "RB Leyptsig"dan kelib qo'shilgan edi. Transfer qiymati 75 mln evrodan ko'proqni tashkil qilgan.
"Manchester Yunayted"ga o'tish imkoniyatidan xabar topgach, darhol yonib ketdim. Bu orzu - nafaqat men uchun, balki boshqa ko'plab futbolchilar uchun ham. Bu karerangizda erishmoqchi bo'lgan narsangiz. Bu klubga o'tganingda olaming o'zgaradi. Albatta, bu erda jiddiy bosim bor, lekin men uchun bu imtiyoz. Bu doimiy ravishda rivojlanishga undaydi," - dedi 22 yoshli forvard Sky Sports’ga bergan intervyusida.
Sheshko Ruben Amorim jamoasi uchun to'qqizta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan.