Sheshko: "Brunu – APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi"

Benyamin Sheshko Brunu Fernandeshni APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinining bo'lajak sohibi sifatida ko'rmoqda.
«Men Brunudan ko'plab ko'rsatmalar olaman. Har bir mashg'ulotda, undan keyin, ba'zan esa oldin ham. U nima desa — shunchaki bajar, ikkilanib o'tirma. Uning yonida bo'lish imkoniyatidan minnatdorman.
U ajoyib inson va mening jamoadoshim. Albatta, men doim sherigimni qo'llab-quvvatlayman. Ha, u g'alaba qozonishi kerak», — dedi «Manchester Yunayted» hujumchisi.