"Manchester Yunayted" hujumchisi Benyamin Sheshko "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

Xabarlarga ko'ra, sloveniyalik forvard ushbu jarohat sabab FIFA kunlari va jamoasining navbatdagi kamida 5 ta o'yinini o'tkazib yuboradi.

Mankunianliklar ustozida Sheshko yo'qligida faqat bitta markaziy hujumchi qoldi - Joshua Zirkzee. U o'yin amaliyoti kamligi sabab qishda ketmoqchi.