Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki Jahon chempionati — 2026 ning 1/8 finalidan o'rin olgan Paragvay terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi. Dide Desham shogirdlari Kilian Mbappening 11 metrlik nuqtadan kiritgan goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

«30 marta fol ishlatib, birorta ham sariq kartochka olmaslik mumkin deb hech o'ylamagandim. Bu uchrashuvda biz haqiqiy urushga tayyor ekanligimizni ko'rsatdik», — deya yarim himoyachining so'zlarini ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabritsio Romano keltirmoqda.

Nufuzli musobaqadagi navbatdagi uchrashuvni Frantsiya terma jamoasi Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Chorak final bahsi payshanba kuni, 9 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz