«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Yakshanba kuni frantsuz futbolchisi ikkita golli uzatmani amalga oshirib, «shaharliklar»ning safarda «Chelsi»ni tor-mor etishiga (3:0) katta hissa qo'shdi. Xosep Gvardiola jamoasi o'z maydonidagi o'zaro bahs oldidan Premer-liga jadvalida «Arsenal» bilan oradagi farqni olti ochkogacha qisqartirdi.

«Men hech qanday bosimni his qilmayapman — shunchaki jamoadoshlarim bilan o'ynashni, muxlislarni xursand qilishni, Gexi, Xoland va boshqalarga yaxshi paslar berishni xohlayman. Endi bizni «Arsenal»ga qarshi o'yin kutmoqda — bu eng muhim bahs!» — dedi Sherki o'z intervyusida.

«Manchester Siti» kelasi yakshanba, 19 aprel kuni «Etixad» stadionida «kanonirlar»ni qabul qiladi.