Rayan Sherki APL assistentlari ro'yxatida yakka holda ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

«Manchester Siti» vingeri 32-tur doirasidagi «Chelsi»ga qarshi o'yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. U 51-daqiqada Niko O’Rayliga, 57-daqiqada esa Mark Gexiga pas etkazib berdi.

Endilikda 22 yoshli frantsuz hisobida debyut mavsumida 10 ta assist mavjud. Chempionatda faqatgina «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh undan ko'proq — 16 ta golli uzatma qayd etgan.