"Sheffild Yunayted" uch oydan so'ng murabbiyni qaytardi

"Sheffild Yunayted" Kris Uaylder bosh murabbiylikka qaytganini e'lon qildi. 57 yoshli mutaxassis bilan 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan shartnoma imzolangan.
"Mavsumning qiyin boshlanishidan so'ng, direktorlar kengashi natijalarni barqarorlashtirish va darajada o'sishga bo'lgan intilishimizni kuchaytirish uchun o'zgartirishlar kiritishni zarur deb topdi. Garchi boshqa o'yin uslubiga o'tish katta ambitsiyalarni talab qilgan bo'lsa-da, natijalar kutilganidek bo'lmagani aniq," - deyiladi bayonotda.
Kris Uaylder 2016-2021 yillarda, keyin esa 2023-2025 yillarda "Sheffild Yunayted"ni boshqargan. Iyun oyida mutaxassis jamoa Premer-ligaga chiqa olmaganidan keyin klubni tark etgandi. "Qilichlar" Chempionship pley-off bosqichi finaliga chiqdi, ammo u erda "Sanderlend"ga 1:2 hisobida yutqazdi.