"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele yaqin kelajakda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Futbolchi Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkin.

Shayxlar "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi transferi bo'yicha ishni boshlab yuborgan. Dembele Saudiya Arabistonining top-klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Arab shayxlari kelishuvni kelasi yil yozda JCh-2026 oxirigacha yopishni rejalashtirmoqda. Taxminiy transfer summasi hali noma'lum.