«Shaxtyor» bosh murabbiyi Arda Turan jamoaning Chempionlar ligasidagi uy o'yinlari katta ehtimol bilan Londonda bo'lib o'tishini ma'lum qildi.

«Menimcha, o'yinlarimizni Londonda o'tkazamiz. To'g'risi, Turkiyada o'ynashni juda xohlagan edik, ammo UEFA talablari tufayli muammolar yuzaga keldi. Agar bu cheklovlar bo'lmaganida, turkiyalik ishqibozlar qarshisida — Gyoztepe, Bursa yoki Eskishehirda to'p surish ajoyib bo'lardi. Nachora, iloj qancha. Endi barcha muxlislarimizni — ukrainaliklarni ham, turklarni ham Londonda kutib qolamiz», — dedi Turan Fanatik nashriga bergan intervyusida.

Ukraina chempioni sifatida «Shaxtyor» evrokuboklardagi ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri Chempionlar ligasining umumiy bosqichidan boshlaydi.

Manba: Stadion.uz