Turkiyaning Antaliya shahrida 16–21 dekabr kunlari 9–17 yosh toifalarida Rapid va Blits bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. Musobaqada 33 davlatdan 314 nafar shaxmatchi qatnashmoqda, O'zbekiston esa 36 nafar yosh iqtidor egasi bilan chempionlik uchun kurashmoqda.

Rapid bahslarini terma jamoamiz 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinda yakunladi: 3 oltin, 2 kumush, 1 bronza

Chempion va sovrindorlarimiz:

1-o'rin. Asrorjon Omonov (U-17)
1-o'rin. Humoyun Begmuratov (U-15)
1-o'rin. Ruqiya Olimova (U-13 qizlar)

2-o'rin. Madinabonu Halilova (U-15 qizlar)
2-o'rin. Abdimajid Botiraliev (U-13)

3-o'rin. Nematillaxonov Nurmuhammad (U-9)

Bugun bliw bahslari boshlanadi. Yoshlarimizga bliw yo'nalishida ham omad va yangi zafarlar tilaymiz!

Manba: https://t.me/uzchesss