Shaxmat. Nodirbek Yoqubboev Polshadagi musobaqa g'olibiga aylandi

Polshada shaxmat bo'yicha "Rubinstein Memorial 2025" musobaqasi o'tkazildi. Klassik formatda o'tkazilgan turnirda 10 nafar grossmesyter ishtirok etdi. Musobaqada qatnashgan o'zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboev g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz 9 ta o'yinda 6,5 ochko to'pladi. Nodirbek 4 ta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, 5 ta partiyada durang qayd etdi.
Musobaqa davomida Yoqubboev o'z hisobiga 16,1 FIDE reyting ballini qo'shib oldi hamda o'z ochkolarini 2681,2 ballga etkazib, onlayn jadvalda 45-pog'onaga ko'tarilib oldi.
Manba: stadion.uz