Shaxmat. Nodirbek Yoqubboev jahon kubogining chorak finaliga chiqdi

Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tayotgan shaxmat bo'yicha jahon kubogi musobaqasida bugun 5-bosqich doirasida javob o'yinlari o'tkazilmoqda.
Nodirbek Yoqubboev bugun Gabriel Sargisyan (Armaniston)ga qarshi oq donalarda o'ynab, g'alabani qo'lga kiritdi. Raqib 29-yurishda xato yurishni amalga oshirdi. Hamyurtimiz bu xatodan unumli foydalanib, katta ustunlikni qo'lga kiritdi. 35-yurishga kelib Nodirbek Farzinlarni almashishga majbur qilganidan keyin Sargisyan o'z mag'lubiyatni tan oldi.
Shu tariqa, Yoqubboev musobaqa chorak finaliga chiqdi. Boisi, Nodirbek kecha raqib bilan qora donalarda durang qayd etgan edi.
Javohir Sindarov (2721) va germaniyalik Frederik Svene o'rtasidagi javob o'yini ayni paytda davom etmoqda. Kechagi o'yinda Javohir g'alaba qozongan edi. Bugun partiyada durang ham Sindarovni qanoatlantiradi.