Shaxmat. Muxammadzohid Suyarov va Vinsent Keymer «Grenke Chess Open 2026» g'oliblari bo'ldi

Germaniyada o'tkazilgan nufuzli "Grenke Chess Open 2026" festivalida ikkita yo'nalishda g'oliblar aniqlandi.
O'zbekistonlik shaxmatchi Muxammadzohid Suyarov klassik yo'nalishda 3500 dan ortiq ishtirokchini ortda qoldirib 1-o'rinni qo'lga kiritdi. U mag'lubiyatsiz 9 turdan 8 ochko jamg'ardi va 20 000 evro mukofot sovrindoriga aylandi. Bu yil Muxammadzohid uchun chindan omadli kechmoqda — barqaror o'yinlari bilan ketma-ket yirik turnirlarda yuqori natijalarni qayd etmoqda.
Vinsent Keymer esa "freestyle" yo'nalishida 7.5/9 natija bilan g'alaba qozonib, 2027-yilgi FIDE Freestyle Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Ikkinchi o'rinni Maksim Vashe-Lagrav (7.5/9), uchinchi o'rinni Magnus Karlsen (7 ochko) egalladi.
Yurtdoshlarimiz "fristayl" yo'nalishida ham yuqori natijalarni qayd etishdi:
7-o'rin — Nodirbek Abdusattorov — 7 ochko;
11-o'rin — Nodirbek Yakubboev — 6.5 ochko;
18-o'rin — Shamsiddin Vohidov — 6.5 ochko;
80-o'rin — Afruza Hamdamova — 5 ochko.