Joriy yilning 22–29 sentyabr kunlari Peruning Lima shahrida 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida tezkor shaxmat (rapid) va blits yo'nalishlari bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Jumladan, 27-28 sentyabr kunlari blits yo'nalishda bahslar o'tkazildi. Hamyurtimiz Muhiddin Madaminov 13 o'yinda 12 ochko to'plab jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Denis Lazavik 11,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, yana bir o'zbek shaxmatchisi Muhammadzohid Suyarov 10 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Ma'lumot o'rnida, 22-25 sentyabr kuni o'tkazilgan rapid yo'nalishida Muhammadzohid Suyarov g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa, Muhiddin Madaminov kumush medalga sazovor bo'lgan edi.

U20 qizlar o'rtasidagi blits musobaqasida Umida Omonova 9,5 ochko bilan kumush medalni qo'lga kiritdi. Qizlar turnirida Eline Roebers g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa (12 ochko), Aleksandra Tarasenka 9 ochko bilan bronza medaliga ega bo'ldi.

Blits natijalari

Open
1. Madaminov Muxiddin (UZB) — 12/13 — 1-o'rin (oltin)
2. Lazavik Denis (BLR) — 11,5/13 — 2-o'rin (kumush)
3. Suyarov Muhammadzohid (UZB) — 10/13 — 3-o'rin (bronza)
4. Begmurodov Humoyun (UZB) — 9/13

Qizlar
1. Eline Roebers (NED) — 12/13
2. Umida Omonova (UZB) — 9,5/13
3. Aliaksandra Tarasenka (BLR) — 9,0/13

Manba: stadion.uz