Shaxmat. Javohir Sindarov ham jahon kubogi chorak finalida!

Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tayotgan shaxmat bo'yicha jahon kubogi musobaqasida bugun 5-bosqich doirasida javob o'yinlari o'tkazildi.
Javohir Sindarov ilk o'yinda germaniyalik Frederik Sveneni mag'lubiyatga uchratgani haqida xabar berib o'tgandik. Javob o'yinida esa shaxmatchilar deyarli bexato harakat qilishdi va 47-yurishga kelib durangga imzo chekishdi. Chunki, raqibda vaziyatni kuchaytirish uchun imkoniyat qolmagandi.
ShU tariqa, jahon kubogining chorak finaliga O'zbekistonning ikki vakili — Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboev yo'l olishdi. Ular chorak finalda g'alaba qozonishsa, yarim finalda o'zaro to'qnash kelishadi.
Manba: stadion.uz