Samarqand shahri 4–16 sentyabr kunlari yana shaxmat markaziga aylanadi: 11 turlik shveytsar tizimidagi FIDE Grand Swiss va FIDE Women’s Grand Swiss bo'lib o'tadi.

Turnirda jami 172 nafar shaxmatchi qatnashadi (Open: 116, Women: 56). G'olib va ikkinchi o'rin egalari 2026-yilgi Nomzodlar turniriga yo'llanma oladi.

Turnirning sovrin jamg'armasi: $855,000 (Open — $625,000; Women — $230,000).

Erkaklar o'rtasidagi musobaqada O'zbekistonning 9 nafar, ayollar o'rtasidagi turnirda esa 5 nafar vakili qatnashadi.

FIDE Grand Swiss 2025 — 1-raund juftliklar (O'zbekiston vakillari)

1-raund start: 4-sentyabr, 15:00

Erkaklar (Open):

Nodirbek Abdusattorov — Velimir Ivich (Serbiya)
Javohir Sindarov — Aram Akobyan (Armaniston)
Nodirbek Yakubboev — Abhimanyu Mishra (AQSh)
Muhiddin Madaminov — Daniil Yuffa (Ispaniya)
Jahongir Vohidov — Nikolas Teodoru (Gretsiya)
Abdumalik Abdusalimov — Maksim Rodshteyn (Isroil)
Ortiq Nig'matov — Shamsiddin Vohidov
Muhammadzohid Suyarov — Frederik Svane (Germaniya)

Ayollar (Women’s):

Gulruhbegim Tohirjonova — Rameshbabu Vayshali (Hindiston)
Guldona Karimova — Song Yusin (Xitoy)
Afruza Hamdamova — Mariya Manko (Shveytsariya)
Umida Omonova — Oliviya Kiolbasa (Polsha)
Madinabonu Xalilova — Antoaneta Stefanova (Bolgariya).

Manba: stadion.uz