Shaxmat. 2026 yilgi Jahon tojiga da'vogarlar turniri ishtirokchilari ma'lum bo'ldi

2026 yilda shaxmat toji uchun bahs o'tkaziladi. Undan avval esa amaldagi toj sohibi Domaradju Gukeshga raqiblik qiladigan raqibni aniqlab beradigan Talabgorlar musobaqasi tashkil etiladi. Unda 8 nafar shaxmatchi ishtirok etadi. Ular safida hamyurtimiz Javohir Sindarov ham bor.
1. Fabiano Karuana (2795) — 2024 FIDE Circuit g'olibi
2. Anish Giri (2760) — 2025 Grand Swiss turniri g'olibi
3. Mattias Blyubaum (2678) — 2025 Grand Swiss kumush medali sohibi
4. Javohir Sindarov (2726) — 2025 yilgi Jahon Kubogi g'olibi
5. Vey Yi (2754) — 2025 yilgi Jahon Kubogi kumush medali sohibi
6. Andrey Esipenko (2695) — 2025 yilgi Jahon Kubogi bronza medali sohibi
7. Rameshbabu Pragnanandha (2760) — 2025 FIDE Circuit etakchisi va ehtimoliy g'olib
8. Xikaru Nakamura (2810) — reyting bo'yicha 1-o'rin (Magnus Karlsenning turnirda qatnashishdan bosh tortgani inobatga olingan holda).
Musobaqa 2026 yil 28 mart kuni boshlanadi. Turnir Kiprda o'tkaziladi.