“Shalke” senegallik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Hozirda 2-Bundesligada uchinchi o'rinda borayotgan “Shalke” hujumchi Kristian Gomis bilan shartnoma imzoladi.
Senegal va Ispaniya pasporti egasi avvalroq Shveytsariyaning "Vintertur" jamoasida o'ynagan. Transfer 1,5 million evroni tashkil qildi.
Futbolchining yangi jamoasi rasmiy saytida e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, shartnoma 4 mavsumga tuzilgan. Joriy mavsumda Gomis 6 uchrashuvda 4 ta gol urdi.