Xonanda Shakira Lionel Messi o'z kuch va ilhomini rafiqasi Antonelladan olayotganini ta'kidladi. Uning fikricha, futbolchi ajoyib o'yin darajasini namoyish etmoqda.

Shakira Argentina terma jamoasi etakchisi ko'rsatayotgan futbolni «aql bovar qilmas» deb atadi va uni sevimli ishiga sadoqat hamda intizom namunasi sifatida ta'rifladi.

«Men shuni bilamanki, Antonella kabi ayolning yonida bo'lishi unga kuch va ilhom bag'ishlaydi, shu sababli u buni qayta-qayta isbotlamoqda!» — deb yozdi ijrochi o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Messi boshchiligidagi Argentina ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finaliga chiqdi va u erda Ispaniyaga qarshi bahsda o'z unvonini himoya qilishga harakat qiladi.

Shakira final uchrashuvining tanaffus qismida o'tkaziladigan shouda ishtirok etadi.

Manba: Stadion.uz