O'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'yayotgan «Bunyodkor» tarkibni kuchaytirishda davom etadi.

Faoliyatining asosiy qismini xorijda, legioner maqomida o'tkazgan hujumchi Shahboz Umarov 2026 yilni «Bunyodkor» libosida boshlaydi.

"Uzoq-yaqin xorijda o'zining ajoyib o'yini va gollari bilan muxlislar mehrini qozongan Umarovdan biz ham gollar kutib qolamiz va xush kelibsan Shahboz deymiz!", — deyiladi "qaldirg'ochlar" matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Ma'lumot uchun

ShAHBOZ UMAROV
Tug'ilgan sanasi: 9 mart, 1999 yil
Ampluasi: vinger

Manba: fcbunyodkor.com