“Sevilya” portugal himoyachisi bilan shartnoma imzoladi
Portugaliyalik himoyachi Fabiu Kardozu “Sevilya” futbolchisiga aylandi.
31 yoshli futbolchi ispan klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda "Sevilya" matbuot xizmati jamoa saytida rasman ma'lum qildi.
Markaziy himoyachi Ispaniyaga "Portu"dan ko'chib o'tdi. U Portugaliya klubida 2021 yildan buyon o'ynab kelmoqda.
Hammasi bo'lib Kardozu Portugaliyada 78 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsumni BAA chempionatida ijara asosida o'tkazdi. "Al-Ayn" safida Kardozu 29 uchrashuvda bitta gol urgan.