Dodi Lukebakio "Benfika"ga o'tdi.

Portugaliya klubi vinger uchun "Sevilya"ga 20 mln evro to'lagan, yana 4 mln evro bonus sifatida ko'zda tutilgan. Shuningdek, lissabonliklar Belgiya terma jamoasi futbolchisini qayta sotishdan tushgan foydaning 15 foizini o'tkazadi.

Shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Lukebakio o'tgan mavsum Ispaniya chempionatida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan.