Seulda Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi Bosh Assambleyasi va Konferentsiyasi o'z ishini boshlash arafasida

Joriy haftada Koreya Respublikasining Seul shahrida Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining XXII Bosh Assambleyasi va Konferentsiyasi o'tkaziladi. Unda 190 ga yaqin a'zo tashkilotlar qatnashadi.
Tadbirlarda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vitse-prezidenti Muxtorxon Tashxodjaev hamda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Farruh Ahmedov ham ishtirok etadi.
Konferentsiya va Assambleya doirasida 2023 yilgi Bosh Assambleyadan keyin erishilgan yutuqlar to'g'risida xisobot berilishi, shuningdek, Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining Boshqaruv Kengashi saylovida ishtirok etayotgan nomzodlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etilishi, ba'zi xalqaro federatsiyalarning tashkilotga a'zoligi qayta ko'rib chiqilishi ko'zda tutilgan.
Bundan tashqari, 27 sentyabr kuni Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining prezidenti va Boshqaruv Kengashi saylovlari bo'lib o'tadi.