"Medialiga" rahbari bo'lib turgan Nikolay Osipov Madridning "Real" va Frantsiyaning "PSJ" klublarida o'ynagan afsonaviy ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning taklif etilishi haqida gapirdi.

Rahbar "Sport-Ekspress" jurnalistlariga bergan intervyusida Medialiga hamkorlaridan biri tufayli Ramos bilan muzokaralar olib borilayotganini aytdi.

"Jahon miqyosidagi yulduzlardan biri 2026 yilda, albatta, Medialigada taklif etilgan mehmon bo'ladi", - deya qo'shimcha qildi Osipov.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili "Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Nani mehmon bo'lgan edi.