«Real»ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos «Sevilya» klubi egasiga aylanish arafasida turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ramos "Five Eleven Capital" investitsion xoldingi bilan birgalikda klubning hozirgi aktsiyadorlari bilan muzokaralar o'tkazgan. Tomonlar kelishuvni rasman ertagayoq imzolashi mumkin.

Ispaniya OAV xabarlariga ko'ra, bitim qiymati 450 million evro atrofida baholanmoqda.

Serxio Ramos «Sevilya» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1996 yildan 2005 yilgacha klub tizimida faoliyat yuritgan. Ramos asosiy jamoa safida 2004–2005 va 2023–2024 yillarda to'p surgan.

Ayni mavsumda «Sevilya» La Liga jadvalida chempionat tugashiga uch tur qolganida 13-o'rinni egallab turibdi.

Manba: sports.kz