Serxio Ramos "Monterrey"ni tark etib, jamoasiz qoldi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, 39 yoshli Ramos Meksika klubi safidagi so'nggi o'yinini o'tkazganini tasdiqladi.

"Bundan buyon u erkin agent," - deb yozdi Romano ijtimoiy tarmoqda Ramos haqida.

Insayderning ta'kidlashicha, Serxio Ramos butsalarni mixga ilmoqchi emas - u takliflarga ochiq.

Avvalroq Serxio Ramos Evropaga qaytishni istayotgani va Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionati - 2026da ishtirok etmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.