Serxio Ramos Evropaga qaytishga yaqin va yangi klub bilan aniq muzokaralar olib bormoqda

Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Serxio Ramos Evropa futboliga qaytishi mumkin. Bu haqda Actu Foot ikki nafar jurnalistga tayanadi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, futbolchini o'z safiga qo'shib olishdan Frantsiyaning «Nitstsa» klubi manfaatdor. Ayni paytda Ramos va klub vakillari o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
«Nitstsa» ispaniyalik markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Ramos esa Evropa futboliga qaytishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Qayd etilishicha, Frantsiya klubi tomonidan qilingan taklif jiddiy tusga ega bo'lib, tomonlar o'rtasida aniq muhokamalar olib borilmoqda.
39 yoshli Ramosning so'nggi klubi Meksikaning «Monterrey» jamoasi bo'lgan. U joriy yil dekabr oyi boshida mazkur klubni tark etgan.